Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Берлиндаги Гумбольдт университети талабаларининг Ўзбекистонга ташрифи

Берлиндаги Гумбольдт университети  талабаларининг Ўзбекистонга ташрифи 28.09.2014 «Ўзбекистон-Германия» дўстлик жамияти Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетининг ўқитувчилари билан ҳамкорликда 2014 йилнинг 28 сентярдан 2 октябргача бўлган вақт мобайнида Берлиндаги Гумбольдт университети талабаларини қабул қилди.

Делегациянинг бош мақсади Ўзбекистонда махсус таълим тизими ва унинг ташкил қилинганлиги билан танишиш эди. Бундан ташқари хорижий меҳмонлар Ўзбекистоннинг маданий, ижтимоий, сиёсий ҳаёти билан ҳам қизиқдилар, Тошкент ва Самарқанд шаҳарларининг кўзга кўринган меъморий обидаларини томоша қилдилар. Дастур доиросида Чимён тоғлари ва Чорвоқ сув омборига саёҳат ташкил этилди.

Студентлар Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университетида, Болаларни ижтимоий ҳимоя қилиш Республика марказида, шуниндек, «Лола Муминова» Ўқув реабилитацион марказда Ўзбекистондаги аудиопедагогика ва имконияти чекланган болаларга кўрсатилаётган ижтимоий ёрдам тўғрисида кўп маълумотларга эга бўлдилар. Профессор Лола Муминова германиялик ҳамкасби доктор Людмила Хоппе билан томонларнинг истиқболдаги ҳамкорлигини келишиб олди.

«Ўзбекистон-Германия» дўстлик жамияти жамият аъзолари Расулев Муминжон ва Сагатов Музаффарларга, шунингдек, дефектология факультети декани Лайло Шараповна Нурмухамедовага ва кафедра ўқитувчиси Фарида Мухитдиновна Пўлатоваларга меҳмондорчилик ва ташрифни ташкиллаштиришдаги фаол хизматлари учун ўз миннатдорчилигини билдиради.

 O’zbekistonga bo’lgan sayohatdan qolgan tassurotlar

Bobom yurti bo’lmish, O’zbekistonga sayohat qilish mening azaliy orzuyim bolgan.

Bu mamlakat to’g’risida ko’p narsa bilmasdim, faqatgina mazali oshni va go’zal machitlarni.

Atrofimdigilar meni bu sayohatdan qaytarishdi, chunki men bu davlat tog’risida deyarli hech nima bilmayman. Lekin men baribir bu sayohatni Gublining Universiteti talabalari bilan birga amalga oshirdim, bizni Toshkent Davlat pedogogika Universteti va « O’zbekiston - Germaniya» do’stlik jamiyati taklif etdi va men bundan judayam quvondim.

Toshkent aeroportiga qonishim bilam men shuni chundimki, hamma his qilgan qorquvim- bu hammasi bir chopchak ekan. Bizni judayam inoq insonlar kutib olishdi, ular o’z yurtlarini sevisharkan va bizga milliy taomligi bo’lmish oshdan va qadimiy madrasalardan tashqari ko’p narsalarni ko’rsatishdi.

Birinchi kundan shahar bilan tanishib chiqishga imkonimiz bor edi. Zamonoviy monumentlar , sovet meroslarini bilan birga ishlanganligini ko’rib insonga unitilmaz tasurotlar beladi. Qayerda bo’lganimizmi ahamiyati yoq, bu judayam ajoyib edi. Birinchi kunda yoq biz o’zbek toyidan bahramand bo’ldik, bizni toy egalari ularning toyida ishtirok etishni taklif qilishdi, hudi biz ularni eski qadirdom do’stlari edik.

Biz Logopet markazida, Respublika ijtimoiy markazida va Pedagogika Universtiteda bo’ldik. U yerda biz shuni chundiki G’arbiy Yevropa boshqa davlatlardan ko’p narsani organishi mumkunligini. Biz ular bilan ochiqdan-ochiq muloqatda bo’ldik va tajribalarimiz bilan almashdik. Bu nafaqat mening hotiramda muhirlanib qoladi, bular haqida men hamkasblarimga ham aytib beraman.

O’zbeklar – judam mehmondo’stlar. Ular bizning hamma xoxshimizni bajarishdi, bozordan qozon sotib olishmi, yer osti yollarini ko’rsatishmi, barchasini amalga oshirishdi. Ular ishtiyoq bilan bizga shu to’rt kun ichida iloji boricha ko’p narsani korsatishga harakat qilishar edi, bizni sekinligimizga qaramasdan sabrli bo’lishardi. Bundan boshqacha bo’lishi mumkun emas edi, chunki biz har bir qadamimizda toxtar edik va ko’rgan narsmaizdan quvonar edik. Shu qisqa vaqt ichida biz ko’p narsaga ulgurdik, Toshkentni, Samarqandni ziyorat qilishga, Chimgan tog’iga va Chorvoq suv havzasiga ekskursiya qilishga. Bu faqat sizlar bilan bo’lishi mumkun edi.

Ushbu to’rt kun- bu qisqa va esda qolarli kunlar bo’ldi. Endi men mutloqo aminman, biz bu erga yana kelishimiz kerak. Men judayam minadorman shunday imkoniyat menga berilganidan. Men judayam mamnunman , bobomning yurti, vatani xaqida oylaganimda qalbim iliq hislarga to’ladi.

 Men o’z bo’lsam ham qisman o’zbekligimdan fahirlanaman.

Olga Rogachevskaya,
 Kar- soqov bolalarini o’qitadigan o’qituvchisi,
Berlindagi