“Mintaqaviy savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish” mavzusida davra suhbati
03.10.2025
Joriy yilning 3-oktyabr kuni soat 14:30 da O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Birodar shaharlar alyansi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Hududlar savdo-iqtisodiy tarmoqlarida hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda savdo va sanoat sohalarida hamkorlikning istiqbollari, hududlararo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish yo‘llari hamda xalqaro tajriba almashish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir do‘stlik jamiyatlari, birodarlashgan shaharlar hamkorligini yanada faollashtirish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.


.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM