Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



“Do‘stlik” festivali doirasida milliy madaniy markazlar pavilionlari ochildi

“Do‘stlik” festivali doirasida milliy madaniy markazlar pavilionlari ochildi 29.07.2025

30 iyul – Xalqlar do‘stligi kuni arafasida mamlakatimizda “Do‘stlik” festivali doirasida milliy madaniy markazlar pavilionlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekistonda yashab kelayotgan turli millat va elatlarning o‘z milliy madaniyati, urf-odatlari hamda an’analarini saqlab qolish, rivojlantirish uchun yaratilgan navbatdagi muhim imkoniyatlardan biridir.

Mazkur marosimda keng jamoatchilik vakillari, diplomatik korpus a’zolari, xalqaro tashkilotlar mutasaddilari, milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Pavilionlarning barpo etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga tutash hududda qad rostlagan. Ushbu maskan turli millat va elatlarning madaniy merosi, san’ati, urf-odatlari, tarixiy qadriyatlari va zamonaviy yutuqlarini namoyon etuvchi o‘ziga xos do‘stlik maydoniga aylangan.

Pavilionlar orasida nemis milliy madaniy markazining “Wedergeburt” nomli pavilionining faoliyati ham alohida ahamiyatga ega. Unda Germaniya madaniyatiga oid eksponatlar, tarixiy fotosuratlar, milliy kiyim-kechaklar hamda O‘zbekiston–Germaniya do‘stligini ifodalovchi materiallar o‘rin olgan. Bu joy nafaqat nemis diasporasi, balki barcha tashrif buyuruvchilar uchun madaniy almashinuv va o‘zaro hurmat muhitini his etish imkonini beradi.

photo_2025-10-08 18.22.55.jpeg

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda millatlararo totuvlikni asrab-avaylash, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, jamiyatda o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan yo‘llangan Prezident tabrigi ham bu yilgi bayramga o‘ziga xos ruh va mazmun bag‘ishladi.

Poytaxtimizda bunyod etilgan ushbu betakror pavilionlar millatlararo totuvlik, do‘stlik va bag‘rikenglik siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, ularning har biri yurtimizda yaratilgan tinchlik va hamjihatlik muhitining yorqin ramziga aylandi.