"Do'stlik nigohi" fotoko'rgazmasi
28.07.2025
2025-yil 28-iyul kuni mamlakatimizda millatlararo totuvlikni, do‘stlik va o‘zaro hurmatni yanada mustahkamlash, bag‘rikenglik muhitini rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Do‘stlik” festivali doirasida “Do‘stlik nigohi” nomli qardosh xalqlar fotosuratlari ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati va xodimlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar rahbarlari hamda faollari, do‘stlik jamiyatlari vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – O‘zbekiston hududida yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi birodarlik rishtalarini, madaniyatlararo muloqotni hamda o‘zaro hamjihatlikni targ‘ib etishdan iboratdir. Fotosuratlarda xalqimizning tinchlik, totuvlik va mehr-oqibatga asoslangan hayot tarzi, turli millat vakillarining yagona Vatan – O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlari o‘z ifodasini topgan.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston–Germaniya do‘stlik jamiyati ham faol ishtirok etdi. Jamiyat a’zolari ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy, ilmiy va ijtimoiy aloqalarni aks ettiruvchi, o‘zaro do‘stlik va hamkorlik ruhini tarannum etuvchi fotosuratlarni taqdim etdilar. Ushbu suratlar orqali O‘zbekiston va Germaniya xalqlari o‘rtasidagi uzoq yillik do‘stona aloqalar, o‘zaro hurmat va ishonch muhitining mustahkamligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
“Do‘stlik nigohi” ko‘rgazmasi nafaqat san’at ixlosmandlari, balki yoshlar uchun ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, u millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.


.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM