Shoira Sharifa Salimovaning “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” nomli she’riy romani taqdimoti
08.05.2025
2025 yilning 8-may kuni 9-may “Xotira va qadrlash” kuni arafasida “O‘zbekiston – Germaniya” do‘tlik jamiyati tashabbusi va O‘zDJTU hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda uyushtirildi. Tadbirni yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha O‘zDJTU 1-prorektori V. Sa’diyev ochib berdi va o‘z nutqida taniqli shoira Sharifa Salimovaning hayot va ijodiy yo‘liga qisqacha to‘xtalar ekan, ishtirokchi talabalarga adabi1t nomayondalari bilan bunday uchrashuvlarning ko‘p jihatdan, ayniqsa ma’naviy – ma’rifiy jihatdan katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Tadbir davomida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, senator Sirojiddin Said, Alisher Navoiy nomli o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Nurboy Jabborov, prof. Navrzulla Jo‘rayev, yozuvchi Sh. Isaxonova, O‘zFA o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti professori Suvon Meli kabi qator adabiyot namoyondalari so‘zga chiqdilar.

Ular shoira Sharifa Salimovaning “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” ko‘tarilgan mavzuni naqadar dolzarbligiga, ayniqsa bugungi kunga kelib yuzlab o‘zbek yoshlarining taniqli xorij OTM lari, xususan Germaniyada tahsil olayotganlariga e’tibor qaratish bilan bir qatorda bundan 100 oldin xuddu shunday holatda Germaniyada o‘qib yurgan o‘zbek yoshlarining ayanchli va fojiali taqdirlarini kuyinib ta’kidladilar. “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” she’riy romani aynan shu mavzuga qaratilgan bo‘lib, nemis filologiyasi talabalari uchun yanada ahamiyatli mavzudir.


.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)


.jpg)



.jpg)



.jpg)





UZINFOCOM