Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



O‘zbekistonlik yosh izlanuvchilar uchun “O‘zbekiston – Germaniya ilmiy tadqiqotlari” mavzusida Onlayn ilmiy seminar

O‘zbekistonlik yosh izlanuvchilar uchun “O‘zbekiston – Germaniya ilmiy tadqiqotlari” mavzusida Onlayn ilmiy seminar 24.02.2025

2025 yil 22 fevral kuni soat 12:00 da “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati tashabbusi bilan navbatdagi Onlayn ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar O‘zbekiston va Germaniya davlatlari o‘rtasidagi tarixiy, siyosiy, madaniy, iqtisodiy va boshqa dolzarb sohalar bo‘yicha dissertatsion tadqiqotlar olib borayotgan O‘zbekistonlik yosh, iqtidorli izlanuvchilarni bir platformada birlashtirish maqsadida tashkil etildi.

Seminar Zoom platformasi orqali masofaviy tarzda o‘tkazilib, unda turli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida qatnashchilar o‘zlarining ilmiy ishlarida erishgan ilk natijalari, dolzarb ilmiy muammolar, tadqiqot metodlari va istiqbolli yo‘nalishlar haqida taqdimotlar shaklida ma’ruzalar qilishdi. Ularning chiqishlari seminar ishtirokchilari, ilmiy rahbarlar hamda jamiyat vakillari tomonidan faol muhokama qilindi.

Снимок экрана 2025-02-22 в 12.44.49.png

Seminar ochiqligi tamoyiliga asoslangan holda tashkil etilgan bo‘lib, unda dissertatsion tadqiqot olib borayotgan barcha qiziquvchilar ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuviga keng imkoniyat yaratdi.

Tadbir yakunida ma’ruzachilarga “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi. Ushbu sertifikatlar yosh tadqiqotchilar uchun nafaqat e’tirof, balki dissertatsion ishlarni tasdiqlash va rasmiylashtirish jarayonida muhim mezonlardan biri sifatida xizmat qiladi.

Снимок экрана 2025-02-22 в 13.03.56.png

Mazkur ilmiy seminar O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlash, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning xalqaro miqyosdagi ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.