Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 17.01.2025

17 yanvar kuni Toshkent shahrida joylashgan “Hilton” mehmonxonasida “O‘zbekistonda neyropsixologiya va klinik psixologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkil etildi.

Konferensiyada nufuzli mahalliy va xalqaro mutaxassislar ishtirok etdi, jumladan, O‘zbekiston, Fransiya, Germaniya va Turkiyadan yetakchi olimlar va professorlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

konferensiya2.jpg

“O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyatining Germaniyadagi hamkori, “70 Olmon-O‘zbek jadidlar” tashkiloti koordinatori Habiba Hamdam ning faolligida tadbirga Germaniyalik taniqli neyropsixolog Daniyel Jordanni jalb qilindi. Uning ma’ruzasi anjuman ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyatining yetakchi mutaxassisi Mohira Abdullayeva anjumanda koordinator sifatida qatnashib, Germaniyadan kelgan olimni Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari vao‘zbek xalqi boy madaniy merosi bilan tanishtirdi.