Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Tag der Deutschen Wiedervereinigung milliy bayrami kuni munosabati bilan “Eng yaxshi PowerPoint taqdimoti” tanlovi

Tag der Deutschen Wiedervereinigung milliy bayrami kuni munosabati bilan “Eng yaxshi PowerPoint taqdimoti” tanlovi 03.10.2024

3 – oktyabr kuni “O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyati”, Germaniyaning Toshkent shahridagi elchixonasi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi va Germaniya birligi kuni (nem. Tag der Deutschen Wiedervereinigung) - milliy bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston OTMlarining nemis tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi PowerPoint taqdimoti” tanlovi o‘tkazildi.

 

Tanlovda yurtimizning yetakchi universitetlari, JIDU, O‘zbekiston milliy universiteti, Nizomiy nomli TDPU, Chirchiq DPU hamda O‘zDJTU talabalari o‘zaro bellashdilar. Tadbir O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulьtetining ma’naviyat markazida bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston – Germaniya do‘stlik jamiyati”ning raisi Yu. Ismailov, Olaf Sholzning Markaziy Osiyoga, xususan O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifi ekanligini va bu tashrif chog‘ida Kansler Olaf Sholsga Germaniya mamlakatining yetakchi investisiya, sanoat va savdo kompaniyalari vakillari hamrohlik qilganligi, O‘zbekiston-Germaniya sammitini ko‘p qirrali munosabatlarida yangi bosqich boshlanganligini, bu o‘z navbatida xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga, jamiyat O‘zbekiston OTM bilan, xususan O‘zDJTU bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

20241003_151718 (1).jpg

Jamiyat raisi ushbu tanlovni o‘tkazishda o‘z yordamini ayamagan O‘zDJTU rahbariyatiga, shuningdek Germaniyaning Toshkent shahridagi elchixonasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tanlovga Germaniyaning Toshkent shahridagi elchixona xodimi Efa Shnayder, Germaniyalik mutaxassis Yohanna Mayer, hamda “O‘zbekiston – Germaniya” do‘stlik jamiyati yetakchi mutaxassisi Mohira Abdullayevalar hakamlik qildilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblik quyidagi OTM talabalariga nasib qildi:

1-o‘rin-Chirchiq DPU; 

2-o‘rin-O‘zDJTU;

3-o‘rin JIDU.

 

Tanlovda ishtirok etgan barcha jamoalar “O‘zbekiston-Germaniya do‘stlik jamiyati”ning va Germaniyaning Toshkent shahridagi elchixonasining sertifikatlari va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.