Xalqlar do'stligi kunida mukofot
"O'zbekiston-Germaniya" do'stlik jamiyati tashkil etilganidan buyon tashkilot bosh hisobchisi bo’lib faoliyat yuritayotgan Mavlyuda Yusupalievna ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlik aloqalarini mustahkamlash va barqaror iqtisodiy taraqqiyot yo'lida samarali va astoydil harakat qilmoqda.
U o'zining professionalligi, halolligi va o'z kasbiga sadoqati bilan tashkilotimizning iqtisodiy barqarorligining o'sishiga, moddiy -texnik bazasining mustahkamlanishiga hissa qo'shadi.
Jamiyatdagi ko'p yillik faoliyati va fidokorona mehnati uchun mukofot sifatida Mavlyuda Yusupalievna Xalqlar do'stligi kuni "Xalqlar do'stligi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Biz fidokor hamkasbimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz va unga yanada kata muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!