Воқеалар тақвими

Галерея


Facebook



Inson manfaatlari – yuksak qadriyat

Inson manfaatlari – yuksak qadriyat 15.11.2017
Aloqa tarixi muzeyi binosida 2017-yil 15-noyabrda “inson manfaatlari – yuksak qadriyat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. 

O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo aloqalar va chet el mamlakatlari bilan do’stona munosabatlar qo’mitasi, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, aloq tarixi muzeyi, “O’zbekiston – Germaniya” do’stlik jamiyatlari tadbir tashkilotchilari bo’lishdi. 

“O’zbekiston – Germaniya”, “O’zbekiston – Indoneziya”, “O’zbekiston – Malayziya”, “O’zbekiston – Vetnam” do’stlik jamiyatlari hamda Davlat Iqtisodiyoti Universiteti yosh talabalari ishtirok etishdi. “Inson manfaatlari va xalq bilan muloqot yili” hamda O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni oldidan to’rt do’stlik jamiyati vakillari auditoriyada jonli bahsga undagan, eng muhim va dolzarb mavzular bilan chiqish qilishdi: “O’zbekiston – Indoneziya” do’stlik jamiyatidan Davlat Iqtisodiyot universiteti professori B. Aliyev , “O’zbekiston – Malayziya” jamiyatidan R. Mamatov, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Inson manfaatlari – yuksak qadriyat” mavzusi bilan, “O’zbekiston – Germaniya” jamiyatidan jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori G.Babajanova “ Inson huquqlarini himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining roli ”va “O’zbekiston – Vetnam” do’stlik jamiyati tomonidan “VietUz AJ”ning bosh vakili “inson manfaatlarida xalqaro do’stona munosabatlarni mustahkamlash” mavzulari bilan ishtiok etishdi. 

Bahsda talaba yoshlar va davra suhbati qatnashchilari faol qatnashishdi.

Ishtirokchilar uchun Aloqa muzeyi bo’ylab ekskursiya uyushtirish bilan davra tadbir o’z nihoyasiga yetdi.

Фотогалереяга қаранг